Amerikaning Apple kompaniyasi terrorchining telefonini buzishni so‘ragan FQB bilan kompaniya o‘rtasidagi mojaroning milliy xavfsizlik va shaxsiy erkinlikka ta’sirini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi yoki ekspert guruhi tuzishga chaqirdi. Bu haqda Apple kompaniyasi saytida e’lon qilingan bayonotga tayanib, “RBK” xabar qilmoqda.
Bayonotda kompaniya ekspert guruhi tashkil qilishda bajonidil ishtirok etishi ta’kidlangan.
“Biz hukumat uchun eng yaxshi qaror, kongressning ba’zi a’zolari taklif qilgandek, Apple va FQB mojarosining huquq-tartibot organlari, milliy xavfsizlik, maxfiylik va shaxsiy erkinlikka ta’siri oqibatlarini baholash uchun razvedka, texnologiya va fuqarolik erkinligi masalalarida komissiya yoki boshqa ekspert guruhi tashkil qilish, deb hisoblaymiz”, — deyiladi Apple xabarida.
16-fevral kuni AQSh sudi Apple’dan Said Faruqning mobil uskunasi ma’lumotlarini ololmayotgan FQB xodimlariga maxsus dasturiy ta’minot taqdim etishni talab qildi.
Ammo Apple FQBga yordam berishdan bosh tortdi. Apple’ning bu qarorini Google, WhatsApp, Facebook va Twitter qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)