19 yoshli britaniyalik talaba Joshua Brouder 2015-yili foydalanuvchilarga avtomobilini qo‘ygani uchun noto‘g‘ri qo‘llangan jarimalar ustidan arz qilishga yordam beruvchi DoNotPay servisini ishga tushirgandi. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.
Keyinchalik u turli-tuman yuridik muammolarga aniqlik kiritish va apellyatsiya berishga ko‘mak beruvchi kompyuter dasturini yaratdi. Mazkur servisdan bir necha oy mobaynida 80 mingdan ziyod marta foydalanilgan va sud tortishuvlarida 2 million funt sterling (3 million dollar atrofida) yutib olingan.
Izoh (0)