Yamanning Adan shahri yaqinidagi harbiy lagerda terrorchi-xudkush sodir etgan portlash qurbonlari soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq 10 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lum qilingandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchi harbiy xizmatchi qiyofasida terakt joyiga kelib, xudkush kamarini ishga solgan. Lagerda bu paytda arab koalitsiyasiga kiruvchi sudanlik harbiylar ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)