Ukraina Oliy Radasida Arseniy Yatsenyuk hukumatining iste’fosini yoqlab ovoz bermaslik uchun xalq deputatlariga 1 million dollargacha bo‘lgan miqdorda pul berishgan. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali efirida “Batkivshchina” fraksiyasi rahbari Yuliya Timoshenko ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Parlamentda hukumat iste’fosini yoqlab berilmaydigan har bitta ovoz uchun bir million dollargacha pul to‘lashgani haqidagi gap og‘izdan-og‘izga o‘tib yurdi. Bu dahshatli. Bu haqiqatan dahshatli. Chunki bu ommaviy tarzda sotib olish bo‘ldi. Afsuski, bizda bunday siyosiy to‘dalar, fitna va mafiyalar ichida na Milliy aksilkorrupsiya byurosi, na korrupsiya qarshi boshqa organlar ishlaydi”, — dedi Timoshenko.
Eslatib o‘tamiz, 16-fevral, seshanba kuni Oliy Rada hukumatni iste’foga chiqara olmadi. Majlisda 194 nafar xalq deputati ovoz berdi, loyiha qabul qilinishi uchun esa kamida 226 ta ovoz to‘planishi kerak.
Izoh (0)