Amerikaning to‘rtta F-22 strategik ko‘rinmas qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyaga yetib keldi, deb yozadi “RIA Novosti” “Ryonxap” agentligiga tayanib.
17-fevral, chorshanba kuni Amerika qiruvchi samolyotlari Kyongido provinsiyasi Osan shahridagi AQSh harbiy bazasi ustidan pastlab uchib o‘tgan.
Avvalroq agentlik Seuldagi harbiy manbasiga tayanib, AQSh 17-fevral kuni Janubiy Koreyaga to‘rtta beshinchi avlod F-22 ko‘pnishonli qiruvchisini joylashtirishi haqida xabar qilgan edi. Ayni paytda AQSh bunday sinfdagi qiruvchi samolyotlarga ega yagona mamlakat bo‘lib qolmoqda. Boshqa mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Hindiston va Xitoyning loyihalari hali ishlab chiqilmoqda.
Izoh (0)