Bahrayn rasmiylari 14-fevral, yakshanba kuni Sitra shahrida namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni yoritgan to‘rt nafar amerikalik jurnalistni qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar mamlakatga 11—12-fevral kunlari sayyoh sifatida kirib kelgan, ammo Bahrayn rasmiylari maxsus ruxsatsiz jurnalistlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Ulardan biri esa niqob taqib, tartibsizliklarda ishtirok etgan.
AQSh Davlat departamenti mazkur hodisadan xabardorligini ma’lum qildi, biroq bunga izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)