Yevropa kengashi 15-fevral, dushanba kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va mamlakat mansabdorlaridan yana 169 kishiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ulardan Yevropa Ittifoqiga kirishga taqiq va moliyaviy sanksiyalar olib tashlangan. Mamlakatdagi 3 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar ham bekor qilingan. Qurol-yarog‘ yetkazib berish, YeI odamlar yo‘qolishiga aloqadorlikda gumon qilayotgan to‘rt kishi, shuningdek, 4 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar o‘z kuchida qoldi.
YeI Belarusda siyosiy mahbuslar ozod etilganini inobatga oldi. 2015-yil avgustida Lukashenko xalqaro tashkilotlar siyosiy mahbus sifatida e’tirof etgan olti kishi, jumladan, mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Nikolay Stankevichni avf etgandi.
Yevroittifoq inson huquqlari muntazam ravishda buzilgani tufayli 1998-yilda Belarusga qarshi sanksiyalar joriy etgandi. 2004-yilda AQSh ham Minskka nisbatan cheklovchi choralarni qo‘lladi.
Izoh (0)