Fransiya Suriyaning Aleppo viloyatida vaziyat yomonlashayotganidan tashvish bildiradi va Suriyadagi bombardimonlarni to‘xtatishga chaqiradi. Bu haqda Fransiya TIV bayonotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
Parij “hukumat kuchlari va ularning tarafdorlari mamlakatning barcha hududida amalga oshirayotgan bombardimonlar, shuningdek, Turkiya tomonidan kurdlar yashayotgan manzillarga zarba berilishini zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi”, — deyiladi mazkur hujjatda.
Izoh (0)