15-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda Elektron tijorat qoidalari ishlab chiqildi. Fevral oxirigacha mazkur qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi muhokamasida qatnashish mumkin.
2. Suriyada “Chegara bilmas shifokorlar”ning shifoxonasi bombardimon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aviazarbani Rossiya harbiy-havo kuchlari amalga oshirgan.
3. Rossiyada Zika bezgagiga chalingan birinchi bemor ro‘yxatga olindi. Virusni yuqtirib olgan ayol ayni paytda infeksion statsionar xonada saqlanmoqda.
4. O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda. O‘zbekistonda 16—20-fevral kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
5. Toshkentda avtobuslarni Wi-Fi bilan ta’minlash loyihasining dastlabki sinovi muvaffaqiyatli kechdi. Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi 14-yo‘nalishdagi to‘rtta avtobusda 3-fevraldan bepul Wi-Fi tarmog‘i ishlay boshlagan edi.
Izoh (0)