Kanadaning Kvebek provinsiyasi Lak-Simon shahrida politsiya ofitseri tartibsizliklar haqidagi qo‘ng‘iroqdan so‘ng xususiy uylardan biriga yetib kelgach, otib tashlandi, deb yozadi “TASS”.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan ikki ofitserga qarata uy ichidan o‘t ochilgan. Natijada tartib posbonlaridan biri og‘ir yaralandi va kasalxonada vafot etdi. Ikkinchi politsiyachi jabr ko‘rmadi.
Hodisadan so‘ng uydan erkak kishining o‘z joniga qasd qilish belgilari bo‘lgan jasadi topildi. Ayni paytda tekshiruv olib borilmoqda. Fojianing boshqa tafsilotlari oshkor etilmayapti.
Izoh (0)