Isroil Suriyadagi vaziyatga aralashmaslikka qaror qilgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Moshe Yaalon Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha xalqaro anjumanda ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Isroilning Suriyaga nisbatan siyosati masalasiga kelsak, biz boshidayoq aralashmaslikka qaror qilganmiz. Manfaatlarimizni belgilab olganmiz: suverenitetimiz buzilishiga toqat qilolmaymiz. Shunday harakatlar bo‘lganda, bunga darrov munosabat bildiramiz”, — deya ta’kidlagan Yaalon.
Izoh (0)