“YuKOS” sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyning matbuot kotibi Kyulle Pispanen “RIA Novosti”ga uning xalqaro qidiruvga berilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlay olmasligini aytdi.
“Mixail Borisovich o‘z hayot tarzini hech qanaqasiga o‘zgartirmaydi”, — deya ta’kidladi Pispanen.
Xodorkovskiy qaysidir mamlakatdan siyosiy boshpana so‘rashni rejalashtirayotgani yoki yo‘qligi haqidagi savolga javoban, Pispanen uch oy avval unga bunday savol berishgani, u bu haqda o‘ylab ko‘rishini aytganini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “YuKOS” kompaniyasi sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy Interpol liniyasi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum qilingan edi. “Interfaks” manbasiga ko‘ra, Rossiya Bosh prokuraturasi va Tergov qo‘mitasi hujjatlariga asoslangan bu haqdagi qaror Interpolning Liondagi markaziy idorasiga topshirilgan. Biroq Interpol rasmiy saytida tashkilot kanallari orqali qidirilayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar orasida Xodorkovskiyning ism-sharifi tilga olinmagan.
Izoh (0)