“YuKOS” kompaniyasi sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy Interpol liniyasi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berildi, deb yozadi Meduza.
“Interfaks” manbasiga ko‘ra, Rossiya Bosh prokuraturasi va Tergov qo‘mitasi hujjatlariga asoslangan bu haqdagi qaror Interpolning Liondagi markaziy idorasiga topshirilgan. So‘rov Rossiyada Xodorkovskiyga nisbatan uning Nefteyugansk meri o‘limiga aloqadorligi yuzasidan e’lon qilingan tashqi ayblov bilan bog‘liq.
Interpol rasmiy saytida tashkilot kanallari orqali qidirilayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar orasida Xodorkovskiyning ism-sharifi tilga olinmagan.
Izoh (0)