2016-yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentdagi Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqa va o‘zaro munosabat bo‘yicha NATO xodimi Byurosi rahbari lavozimiga tayinlangan Rozariya Pulizini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida turli sohalardagi O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida xalqaro va mintaqa siyosatiga oid ba’zi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)