O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida 11-fevralgacha noqulay ob-havo sharoiti hukm surishi kutilayotgani haqida fuqarolarga SMS-bildirishnomalar yubormoqda.
“9—11-fevral kunlari A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan qorning kuchayishi kutilmoqda. Ko‘rish darajasi 50—100 metrgacha yomonlashadi. Shamolning tezligi soniyasiga 20—25 metrni tashkil etadi”, — deyiladi vazirlikning SMS-bildirishnomasida.
Izoh (0)