Xitoyda Zika virusi yuqishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Mamlakat tashqarisida bezgakka chalingan bemorning ahvoli durust ekanligi, salomatligi tiklanayotganligi bildirilmoqda, deya xabar beradi “TASS”.
Virusning qish paytida tarqalish ehtimoli juda kam, chunki Xitoyning iqlim sharoiti Aedes aegypti turidagi chivinlar uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Hozirda xitoylik mutaxassislar Zika virusini aniqlash va davolash uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqmoqda. Mamlakatda xorijdan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirish va karantindan o‘tkazish uchun javob beradigan xizmatlar shay holatga keltirilgan.
Izoh (0)