Yevropaga yopirilgan “Imojen” bo‘roni natijasida Fransiyaning sohilbo‘yi Penmarsh shahri dengiz ko‘pigining qalin qatlami ostida qoldi, deya xabar bermoqda TJournal.
Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, ko‘pik sovuq urgan suv o‘tlari, dengiz tuzi va suvni ifloslantiruvchi boshqa zarralardan tashkil topgan.
Shahar birinchi marta ko‘pik ostida qolayotgani yo‘q — shunga o‘xshash manzara 2014-yilda ham kuzatilgan edi, biroq mahalliy aholi, sayyohlar va jurnalistlar mazkur noodatiy hodisa suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda yana chop etishga kirishdi.
Izoh (0)