Germaniya huquq-tartibot idoralari Rossiyaning Birinchi kanali muxbiri Ivan Blagoyga nisbatan o‘tkazayotgan tekshiruv OAVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosim hisoblanadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
“Mazkur voqea bilan bog‘liq vaziyat ommaviy axborot vositalariga ochiqdan-ochiq bosim, so‘z va o‘z fikrini bildirish erkinligiga tahdiddir”, — deya ta’kidlagan Zaxarova.
Shu yil yanvar oyi o‘rtalarida Birinchi kanal orqali Berlindagi rusiyzabon oiladan bo‘lgan va 30 soat davomida yo‘qolib qolgan 13 yoshli qiz haqida lavha berilgan. Unda qizni muhojirlar tomonidan zo‘rlangan bo‘lishi mumkinligi, politsiya esa jinoyatni yashirayotgani bildirilgan.
7-fevral kuni Berlin prokuraturasi Blagoyga nisbatan tekshiruv ishlarini boshladi, biroq hozircha muxbirga ayblov e’lon qilinmagan.
Izoh (0)