Keniya terma jamoasi sportchilari 2016-yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarini Braziliyada tarqalgan Zika virusi tufayli o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda mamlakat milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Kipchoge Keyno ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Zika virusi epidemiya darajasigacha ko‘tariladigan bo‘lsa, sportchilarimiz hayotini xavf ostiga qo‘ymaymiz”, — deya ta’kidlagan Keyno.
Bundan oldin AQSh milliy olimpiya qo‘mitasi ham mamlakat sportchilari Zika virusidan himoyalangan ekanliklarini his etmasa, Braziliyadagi o‘yinlarga borishlarining hojati yo‘q ekanligini bildirgandi.
Braziliya prezidenti devonxonasi boshlig‘i Jakis Vagner Zika bezgagi tufayli Olimpiada bekor qilinmasligini bildirar ekan, homilador ayollarga o‘yinlarni tomosha qilish uchun bormaslikni tavsiya etdi.
Izoh (0)