Apple rahbari Tim Kuk Twitter’dagi sahifasida AQSh milliy futbol ligasi chempionatidan olingan suratni joylashtirgach, kulgiga qoldi. Gap shundaki, surat o‘ta sifatsiz chiqqan, bu esa foydalanuvchilar e’tiboridan chetda qolmadi, deya xabar beradi “Hi-tech.mail.ru”.
iPhone telefonlarida kameralar eng ko‘p ishlatiladigan funksiyalardan biri ekanligi ma’lum va buning uchun yaxshigina haq to‘lanadi. Shu bois Kuk ijtimoiy tarmoqda muvaffaqiyatsiz chiqqan suratni chop etgach, naq baloga qoldi. Ovoza qilingan optik barqarorlashtirish ish bergani yo‘q va kadr chaplashgan, o‘xshovsiz chiqdi.
Twitter foydalanuvchilari darrov bunga munosabat bildirdi va Apple rahbariga kelgusi gal kamerasi “ish ko‘rsatmaydigan” Samsung smartfonlaridan foydalanishni maslahat berdi. Kuk bunga javob berishdan o‘zini tiyib turibdi.
Izoh (0)