Samsung Electronics kompaniyasi O‘zbekistonda Samsung Galaxy A smartfonlarining yangilangan lineykasini sota boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.
2015-yil oxirida taqdim etilgan ushbu qurilmalar lineykasi shisha va metall korpus, ergonomik dizayn, universal slot (SIM+SIM / SIM+microSD), katta sig‘imli akkumulyator, tezkor zaryad olish funksiyasi, mukammallashtirilgan kamera, yaxshilangan protsessor va 4G/LTE texnologiyasiga ega.
Lineykadagi eng kichik model Samsung Galaxy A3 (2016) 4,7 dyuymli va 1280×720 pikselli Super AMOLED displey, to‘rt yadroli Exynos 7578 protsessori, 1,5 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+microSD), 2300 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.
Qurilma TouchWiz firma qobig‘iga ega Android 5.1 operatsion tizimida ishlaydi.
Poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasida Samsung Galaxy A3 smartfonini 1,7 million so‘mga xarid qilish mumkin.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)