Damashqda Suriya prezidenti Bashar Asadning onasi vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib.
“Suriya arab respublikasi rahbari sobiq prezident Hafiz Asadning rafiqasi Maxlyufga motam tutmoqda. U Damashqda 2016-yil 6-favral kuni vafot etdi”, — deyiladi xabarda.
Maxlyuf Asad 85 yoshda edi. U 1971-yildan 2000-yilgacha Suriyaning birinchi xonimi bo‘lgan.
Izoh (0)