Tayvan janubidagi zilzila oqibatida nobud bo‘lganlar soni 11 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Oldinroq 7 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Taynan shahridagi 17 qavatli turar-joy qulashi tufayli 9 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘lgan, kamida besh kishi bedarak yo‘qolgan.
Rasmiylar tabiiy ofat sababli 475 kishi jarohat olgani, ulardan 368 nafari kasalxonadan chiqarilgani haqida ma’lum qildi. Favqulodda vaziyatlar markazi shaharning yana to‘qqiz tumanida binolar vayron bo‘lganini bildirmoqda.
Izoh (0)