1-fevral, dushanba kuni Rossiyaning Orenburg viloyatida yo‘qolib qolgan An-2 samolyoti halokatga uchragan, uning bortidagilar nobud bo‘lgan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Samolyot Orsk shahridan 20-30 kilometr uzoqda, Savelovskiy posyolkasi atrofidan topildi. Havo kemasi butkul vayron bo‘lgan, uch kishi o‘lgan”, — deya ma’lum qildi favqulodda xizmatlardagi manbalar.
An-2 bortida “Transneft” kompaniyasi muhandisi, shuningdek, ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ular Orenburg viloyatidagi neft quvurlari trassasini aylanib uchib chiqayotgandi.
Izoh (0)