BMTning asossiz hibslar bo‘yicha ishchi guruhi WikiLeaks asoschisi Julian Assanj ozodligining cheklanishini noqonuniy deb topdi va uni ozod etishni talab qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Ishchi guruhning rasmiy bayonotida aytilishicha, WikiLeaks asoschisi ozodligi noqonuniy ravishda cheklangani uchun tovon puli da’vo qilishi mumkin.
BMT ishchi guruhining qarori rasmiy kuchga ega emas. Buyuk Britaniya hukumati Shvetsiya so‘rovi bo‘yicha, u yerda jinsiy shilqimlikda gumon qilinayotgan Assanjni hamon hibsda tutishi kerak.
Izoh (0)