Bloomberg inflyatsiyaning ishsizlikka nisbatini ko‘rsatuvchi indekslar asosida eng ayanchli iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlar reytingini tuzdi, deb yozadi “RBK”. Unga 63 ta davlat kiritildi.
Venesuela ro‘yxatda 159,7 indeksi bilan yetakchilik qildi. U o‘tgan yili ham reytingda birinchi bo‘lgan, biroq o‘shanda ko‘rsatkich ancha kichik — 105,1 ni tashkil etgan edi. Yuqori o‘ntalikka, shuningdek, Argentina (39,9), Janubiy Afrika Respublikasi, Gretsiya, Ukraina, Ispaniya, Serbiya, Turkiya, Braziliya va Qozog‘iston kirdi.
Rossiya reytingda 14-o‘rinni egalladi, bu o‘tgan yilgi natija (7-o‘rin)dan ancha yaxshi.
Izoh (0)