AQSh prezidenti Barak Obama neft kompaniyalari uchun bir barrel neftga 10 dollar miqdorida soliq kiritishni taklif qildi, deya xabar bermoqda Meduza. Tushgan pulni Oq uy infratuzilmani rivojlantirishga sarflashni taklif etmoqda. Obama ushbu soliq tartibi besh yil amal qilishini istashini bildirdi.
Qanday kompaniyalar soliqqa tortilishi haqida Oq uy bayonotida aytilmadi. Agar gap faqat AQShda qazib olinadigan neft haqida borayotgan bo‘lsa, unda byudjet kuniga taxminan 90 million dollardan qabul qiladi. Import qilingan neft ham nazarda tutilsa, u holda kunlik kirim qariyb 160 million dollarni tashkil etadi.
Quartz nashri ta’kidlashicha, ayni paytda neft narxi past bo‘lgani tufayli, bunday soliqni kiritish uchun qulay vaziyat yuzaga kelgan, shunda benzin narxlari ham keskinlik bilan o‘smaydi.
Izoh (0)