Ispaniya Kubogining yarim final bosqichi doirasida birinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. “Barselona” o‘z maydonida “Valensiya”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
O‘zining inqiroz davrini boshdan kechirayotgan “ko‘rshapalaklar” “Kamp Nou”da raqibga qarshilik ko‘rsata olmadi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq kataloniyaliklar hisobni 3:0 ga yetkazdi. Bo‘lim so‘ngida “Valensiya” futbolchisi Mustafi maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar yana 4 ta golga mualliflik qildi. Bu o‘yinda Messi o‘z hisobiga 3 ta, Luis Suares esa 4 ta gol yozib qo‘ydi.
Bir haftadan so‘ng javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ammo “Barselona”ni muddatidan oldin finalga chiqqani bilan tabriklasa ham bo‘ladi.
Izoh (0)