Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Jekson Martines Osiyo futboli uchun rekord hisoblangan 42 million yevro evaziga “Guanchjou Evergrand” jamoasiga o‘tdi. Shu bilan birga kolumbiyalik forvard dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylandi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
2015/16-yilgi mavsumda “Atletiko” tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritib, 2 ta golga assistentlik qilgan 29 yoshli hujumchi Xitoy klubida yiliga 12,5 million yevro maosh oladi.
Bunday maosh Martinesni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatida beshinchi o‘ringa olib chiqadi: kolumbiyalikdan ko‘proq maoshni faqat Krishtianu Ronaldu (“Real”, 21 million yevro), Lionel Messi (“Barselona”, 20 million yevro), Zlatan Ibragimovich (“PSJ”, 16 million yevro) va Tomas Myuller (“Bavariya”, 13,5 million yevro) oladi.
Izoh (0)