Forbes taxmini bo‘yicha dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchisi, amerikalik bokschi Floyd Meyvezer biznesmen Timofey Kurgin va aka-uka Ananevlarga tegishli “Chetire sezona” ulgurji-tarqatish markazining Moskva viloyatidagi tarmog‘i egalaridan biriga aylanishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Kurginning aytishicha, sportchi jami 200 million dollar baholanayotgan markazning 10—25% ulushini 20—50 million dollarga xarid qilish niyatida. Ayni paytda bitim o‘zaro kelishuv bosqichida, yakuniy qaror mart oyida chiqarilishi kutilmoqda.
Meyvezerning vakillari mazkur yangilikka izoh bermagan.
Izoh (0)