O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov o‘smirlar o‘rtasidagi Avstraliya ochiq chempionati finalida mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.
1 soat va 41 daqiqa davom etgan hal qiluvchi bahsda Jo‘rabek avstraliyalik Oliver Andersonga 2:6, 6:1, 1:6 hisobida yutqazib qo‘ydi.
2015-yilda Avstraliya ochiq chempionati yarim finaligacha yetib kelgan o‘zbekistonlik tennischi o‘tgan yilgi natijasini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)