Namanganning “Navbahor” klubi sobiq ustozi Baxtiyor Ashurmatov “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Bu haqda Championat Asia xabar bermoqda.
Klub ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Ashurmatov Andijonda bo‘lib, jamoa rahbarlari bilan muzokara o‘tkazgan va yakunda uning vodiy jamoasida qolishi ma’lum bo‘lgan.
Ashurmatov “Navbahor” bilan xayrlashganidan so‘ng “Qizilqum”da maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat boshlashi haqida xabar tarqalgandi. Ammo mutaxassis “burgutlar” bilan ishlashni ma’qul topgan ko‘rinadi.
Izoh (0)