Neft narxining tez sur’atlarda tushib borishi Bahrayn davlat budjetida 4 milliard dollarga yaqin mablag‘ yo‘qolishiga olib keldi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Abdel Husayn bin Ali Mirza ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Neft va gaz sotuvidan Bahrayn budjetiga tushadigan daromad 2015-yilda 1,7 milliard dinor (4,5 milliard dollardan ko‘proq)ni tashkil etishi kerak edi, 2016-yilgi budjetda ham shunday ko‘rsatkich keltirilgan. Shunday qilib, budjet taqchilligi 2015-yilda 1,5 milliard dinor (3,9 milliard dollardan ko‘proq)ni tashkil etdi”, — dedi vazir.
Uning prognozlariga ko‘ra, joriy yilda ham shunday vaziyat kuzatilishi kutilmoqda.
Bin Ali Mirza Bahrayn budjetiga kiritilgan neft narxi barreliga 50 dollar qilib belgilanganligini qayd etib o‘tdi.
Treyderlar neft narxi o‘zining eng pastki ko‘rsatkichiga kelib bo‘lgani, yilni barreliga 50 dollarlik ko‘rsatkich bilan yakunlashini bashorat qilmoqda.
Izoh (0)