KXDR yaqin bir necha hafta ichida samoga raketa uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ismi oshkor qilinmagan amerikalik mansabdorga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Uning aytishicha, so‘nggi vaqtlarda AQSh Shimoliy Koreyada faollik oshganini qayd etgan. So‘z raketani uchirish uchun kerak bo‘lgan yoqilg‘i komponentlarini tashish haqida ketmoqda.
Amaldorning ta’kidlashicha, Amerika hukumati bu texnologiya qit’alararo ballistik raketadan foydalanish uchun qo‘llanilishidan xavfsiramoqda.
KXDR uzoq masofaga mo‘ljallangan raketani uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida Yaponiya hukumatidagi manbaga tayanib, Kyodo News agentligi oldinroq xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining boshida KXDR vodorod bombasi sinovini o‘tkazdi. Bu harakatni bir qator davlatlar qoralab chiqdi.
Izoh (0)