“Barselona” va Lionel Messining sadoqatli muxlisi tanasining orqa tomoniga tushirilgan rangli tatuirovka bilan kifoyalanmay, unga argentinalik futbolchining original dastxatini ham qo‘shib qo‘ydi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Yigitning uddaburoligiga tan bersa arziydi: u Messini mehmonxonalardan birida poylab turdi-da, u bilan ko‘rishgach, orqa tomoniga dastxat qo‘yib berishini iltimos qildi. Shundan so‘ng oyog‘ini qo‘liga olib, tatu-salonga chopdi. Natijaga o‘zingiz baho bering!
Izoh (0)