O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov Ukrainaning “Vorskla” klubidan Qatarning “Umm Salal” jamoasiga ko‘chib o‘tgandi. “Olamsport” yozishicha, “Umm Salal” Tursunovning transferi uchun “Vorskla”ga 1,7 million yevro to‘lagan.
Futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, yangi jamoasi bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
“Umm Salal” 15-turdan so‘ng Qatar Yulduzlari ligasida 5-o‘rinni egallab turibdi. Doha klubi 28-yanvar kuni o‘z maydonida peshqadam “Ar-Rayyan” jamoasini qabul qiladi. Aynan mana shu uchrashuvda Sanjar Tursunov yangi klubidagi debyutini nishonlaydi.
Izoh (0)