Portugaliya ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi o‘nta futbol klubi tarkiblariga bittadan xitoylik futbolchini qo‘shib olishlari lozim. Bu haqda mamlakat chempionati ikkinchi ligasining yangi homiysiga aylangan Xitoyning Ledman kompaniyasi rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Bundan ko‘zlangan maqsad xitoylik futbolchilar mahoratini oshirish bo‘lib, o‘yinchilardan tashqari, Portugaliyaga uch nafar xitoylik murabbiy ham malaka oshirgani keladi.
Portugaliya ligasining (u Ledman Proliga nomini oldi) kompaniya bilan shartnomasi 25-yanvar, dushanba kuni Pekinda imzolandi va 2016/17-yil mavsumida kuchga kiradi.
Ledman yorug‘lik-diod lampalari va ekranlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Oldinroq kompaniya Xitoy futbol ligasining bosh homiysi edi.
Izoh (0)