Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi fevral oyida qisqa muddatli yig‘in tashkil qiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12—15-fevral sanalarida tashkil etiladigan qisqa muddatli yig‘in davomida bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu nazorat o‘yini 14-fevral kuni Livan terma jamoasiga qarshi Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi rasmiy o‘yinlari Jahon chempionati—2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida mart oyida bo‘lib o‘tadi. Babayan shogirdlari 24-mart kuni Filippinni, 29-mart kuni esa Bahraynni Toshkentda qabul qiladi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichida 6 o‘yindan keyin 15 ochko to‘plagan holda, “H” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rindagi KXDR terma jamoasi hisobida 7 o‘yindan keyin 16 ochko bor.
Izoh (0)