Moskvada turar-joy qurilishi chog‘ida tojikistonlik ishchi lift shaxtasiga tushib ketib, halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Rossiya Tergov qo‘mitasi bosh tergov boshqarmasiga tayanib.
Hodisa 25-yanvar, dushanba kuni sodir bo‘ldi. Ijorskaya ko‘chasidagi turar-joy qurilishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish ishlari olib borilayotgan vaqtda lift shaxtasiga yettinchi qavatdan tojikistonlik 19 va 20 yoshli ikki ishchi tushib ketdi. Ulardan biri olgan shikastlanishlari tufayli voqea joyida halok bo‘ldi, ikkinchisi jonlantirish bo‘limiga og‘ir ahvolda yotqizildi.
Baxtsiz hodisa holati bo‘yicha qurilish joyida tergov tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)