Belgiyaning Sxarbek kommunasida psixiatriya markazi bemori pichoq bilan yetti kishini yaraladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda.
Hodisa 25-yanvar, dushanba kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Hujumdan bir soat o‘tib, bemorni ota-onasining uyida hibsga olishdi.
Aniqlanishicha, u 19 yoshda bo‘lib, besh yoshligidan buyon davolanib kelgan. Bundan tashqari, uning kasalxonadan chiqishi uchun ruxsat berilgan. Davolash markaziga pichoq bilan qaytib kelib, u muassasa xodimlariga tashlangan.
Voqea guvohlari so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyiga 20 ga yaqin tez yordam mashinasi yetib kelgan.
Izoh (0)