Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov OAVda paydo bo‘lgan Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asadga iste’foga chiqishni taklif etgani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Yo‘q, bunday bo‘lmagan”, — deya ma’lum qilgan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Financial Times manbalariga ko‘ra, Putinning taklifini yetkazish uchun Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) boshlig‘i Igor Sergun o‘limidan bir necha kun avval, 3-yanvar kuni Damashqda bo‘lgan. Bashar Asad prezidentlikni tark etish taklifiga qat’iy rad javobini bergan.
Izoh (0)