O‘zbekistonda 2016-yil 1-martdan kuchga kiradigan Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahririga ko‘ra, haydovchi harakatni boshlashdan avval yo‘lovchilarni harakat vaqtida tanani (qo‘lni chiqarish bunga kirmaydi) avtomobil salonidan tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi shart. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyevning ma’lum qilishicha, xuddi shu talab Qoidalarning yo‘lovchilarga tegishli 24 bandiga ham qo‘shimcha qilindi.
“Bilasiz, so‘nggi vaqtlarda, ayniqsa, to‘y tantanalarida tanasini tashqariga chiqarib, videotasvirga olayotganlar tez-tez uchrab turardi. Bu esa harakatlanish xavfsizligiga jiddiy rahna soladi. Shu sababli mana shu o‘zgartirish kiritildi. Bundan tashqari, haydovchi yo‘lovchilarni xavfsizlik kamarini taqib olish shartligini aytishi shart”, — deydi Saydaliyev.
Izoh (0)