Hyundai kompaniyasi BMW M4’ga raqobatchi bo‘la oladigan kupeni ishlab chiqmoqda, deb yozadi Motor. U Janubiy Koreya markasining Genesis shohona subbrendi ostida chiqariladi.
Sportkar Genesis G70 modelining ikki eshikli modifikatsiyasi bazasida quriladi, u “kupe” kuzovi bilan ham, sedan ko‘rinishida ham taklif etiladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, G70 kupesi va sedaniga Genesis G90 sedanida birinchi marta qo‘llanilgan yangi 3,3 litrli olti silindrli tvin-turbo dvigatelining kuchaytirilgan versiyasi o‘rnatiladi. Flagman modelida sakkiz pog‘onali “avtomat” bilan mos tushuvchi ushbu motor 370 ot kuchini beradi.
Izoh (0)