Amerikaning General Motors konserni 2015-yilda butun dunyo bo‘ylab 9,8 millionta avtomobil sotdi. Shunday qilib, GM ketma-ket uchinchi yil sotuv hajmi bo‘yicha rekord o‘rnatmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
O‘tgan yili Shimoliy Amerikada mashina yetkazib berish 6 foizga oshdi va 3,6 milliontaga yetdi. Xitoyda ham 3,6 millionta avtomobil sotildi va 2014-yilgi ko‘rsatkich 5 foizga yaxshilandi.
2015-yilda Amerika kompaniyasi dunyo bo‘ylab avtomobil sotish bo‘yicha 3-pog‘onadan joy oldi. Undan oldingi o‘rinlarni Yaponiyaning Toyota Motor (10 millionta mashina) va Germaniyaning Volkswagen (9,9 million) kompaniyalari egalladi.
Izoh (0)