Amerikaning General Motors avtogiganti avtomobillarni ijaraga olish bo‘yicha Maven nomli servisni taqdim etdi, deb yozadi Rambler News Service. U o‘z faoliyatining xususiyatiga ko‘ra, Uber va Zipcar’ga raqobatchidir.
GM’dan Chevrolet Volt va Spark mashinalarini soatiga 6 dollar narxida ijaraga olish mumkin bo‘ladi. Servis Michigan shtatidagi Enn-Arbor shahrida, so‘ng Nyu-York va Chikagoda ham ishlashni boshlaydi.
“Biz iste’molchilar xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlarni kuzatib, shundan kelib chiqqan imkoniyatlarni ko‘ramiz. Biz ushbu o‘zgarishlar boshida turganimizga ishonch hosil qilmoqchimiz”, — dedi GM rahbari Dan Ammansaid.
Izoh (0)