“AvtoVAZ”ga tashrifi chog‘ida zavod hududida Lada X-RAY avtomobilida sayr qilgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev mashinaga “shinam va zamonaviy”, deya ta’rif berdi. Bu haqda “Vesti” xabar qilmoqda.
Hukumat rahbari bir soat davomida zavod sexlari va mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Unga bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, “AvtoVAZ” prezidenti Bu Andersson hamrohlik qildi.
Dmitriy Medvedev zavodning bir guruh mutaxassis va ishchilari bilan ham muloqotda bo‘ldi. Bosh vazir ularga Tolyattiga avtosanoatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani kelgani, Rossiya iqtisodiyotidagi muammolarga qaramay, hukumat bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishi va bu o‘z natijalarini berishiga umid qilishini bildirdi.
Izoh (0)