AQShning sharqiy qismida qor bo‘roni va muzgarchilik tufayli ro‘y bergani aytilayotgan avtohalokatlarda kamida to‘qqiz kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda Associated Press manbalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shimoliy Karolinada bir ayol mashinasining jarlikka qulashi, yana bir ayol esa muzlagan yo‘lda qarama-qarshi tomondan kelayotgan avtomobil bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan. Yo‘l chetiga ag‘darilgan mashinani olib chiqayotgan evakuator bilan to‘qnashuvda pikapning ichida bo‘lgan yo‘lovchi olamdan o‘tdi.
Ob-havo noqulayliklari bilan bog‘liq bunday noxush hodisalar Tennessi, Virjiniya va Kentukki shtatlarida ham qayd etilgan.
AQShning bir qator shtatlariga yopirilgan bo‘ron “Jonas” nomini oldi. Sinoptiklarning aytishicha, poytaxt Vashingtonda 75 santimetrgacha qalinlikdagi yog‘in tushishi kutilmoqda, shamol tezligi esa soatiga 80 kilometrga yetadi.
Izoh (0)