Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Lozannadagi Sport hakamlar sudiga murojaat qilib, “Chedju Yunayted” va Janubiy Koreya termasi hujumchisi Kan Su Ilni doping qo‘llagani uchun ikki yilga diskvalifikatsiya qilishni so‘radi, deb yozadi Associated Press.
Futbolchining ta’kidlashicha, taqiqlangan preparat uning organizmiga o‘ziga sovg‘a sifatida berilgan mo‘ylov o‘stiruvchi krem bilan birga kirib qolgan.
O‘tgan yilning iyunida Kan Su Ilda metiltestosteron anabolik steroidi aniqlangan edi. Doping-namuna o‘yinchi uchun milliy terma tarkibidagi debyut hisoblangan match oldidan olingan edi. O‘sha oyning o‘zida futbolchi mamlakat chempionatining 15 ta o‘yinidan chetlashtirilgan edi. Qaror FIFA uchun o‘ta yengil bo‘lib tuyuldi. Ish bo‘yicha navbatdagi eshitish 5-fevralda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)