Turkiya sudi o‘qituvchi ayolni 2014-yilda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga qarata haqoratli imo-ishora qilgani tufayli deyarli bir yillik qamoq jazosiga mahkum etdi, deb yozadi “RBK” mahalliy OAVlarga tayanib.
Ma’lum bo‘lishicha, 2014-yilda saylovoldi kampaniyasi chog‘ida o‘sha payt bosh vazir bo‘lgan Erdo‘g‘on Izmir shahriga kelgan. U yerda bir ayol unga qarata haqoratli xatti-harakatni amalga oshirgan.
“U qo‘li bilan eng xunuk imo-ishorani ko‘rsatdi. Albatta, bu Xalq-respublikachilar partiyasi (Turkiyadagi eng qadimiy muxolifat partiyasi) tarafdorlarining ishi. Aytmoqchi bo‘lganim: bosh vazir yoningizdan o‘tib boryapti, siz esa qo‘lingiz bilan bunaqa imo-ishora qilasiz”, — dedi u.
O‘qituvchi ayol o‘z aybini tan olmadi. U 11 oy va 20 kunni turmada o‘tkazadi.
Izoh (0)