Neft narxining 12 yillik minimumi yangilandi. Bunga xomashyo bahosi bo‘yicha bashoratlar salbiy tomondan ko‘rib chiqilayotgani, shuningdek, AQShdan neftning tijoriy zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlar kutilayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Brent turidagi neft uchun mart oyi fyucherslari 3,97 foizga pasayib, bir barrel uchun 27,66 dollargacha tushdi. WTI turidagi neft uchun bu ko‘rsatkich tegishli ravishda 4,92% va 27,06 dollarni tashkil etmoqda.
Bloomberg so‘rov o‘tkazgan ekspertlar fikriga ko‘ra, AQShda neftning tijoriy zaxiralari o‘tgan haftada 2,75 million barrelga ko‘paygan. Mamlakat energetika vazirligining bu haqdagi rasmiy ma’lumoti 21 yanvar, payshanba kuni e’lon qilinadi.
Izoh (0)